Samarqandda yangi tug‘ilgan egizak uy yo‘lagiga tashlab ketildi
Hozirda chaqaloqlarning ahvoli yaxshi.

Samarqand shahar Qorasuv dahasidagi ko‘p qavatli uyning yo‘lagida yangi tug‘ilgan egizak chaqaloqlar qoldirib ketildi.
Sumkaga solingan holatdagi chaqaloqlarni hudud hamshirasi ko‘rib qolgan hamda ularga birinchi yordam ko‘rsatgan. Egizak qizaloqlarni uy yo‘lagiga ayol kishi qoldirib ketgan. Uning harakati ko‘p qavatli uyning kuzatuv kamerasiga tushib qolgan. Ayol niqob taqqan, ro‘molga o‘ranib olgan holatda bo‘lgan.
“Birinchi navbatda bolalarning ahvolini ko‘rdik, ambulator xonasiga tushirib, yurak urishini tekshirdik. Egizaklarning ikkalasi ham sog‘lom… IIB xodimlari kelib, vaziyatni o‘rgandi. Bolalarning onasi shu massiv aholisidan, deya taxmin qilyapmiz. Sababi, u bu yerda klinika borligini bilgan”, — deydi xususiy klinika rahbari Bahriddin Doniyorov.
Hozirda egizaklarning ahvoli yaxshi, ular to‘liq nazoratga olinib, parvarish qilinmoqda. Hozircha bolalarni tashlab ketgan ayolning shaxsi ma’lum emas.







