Sirdaryoda erkak rashk sabab boshqa erkakni ko‘r qilib qo‘ydi
Jabrlanuvchi sudda undan 200 mln maʼnaviy zarar talab qilgan.

Sirdaryoda erkak xotinini rashk qilib, boshqa bir erkakni ko‘r qilib qo‘ydi. Bu haqda “Zamon” dasturida xabar berildi.
Maʼlum bo‘lishicha, erkak jahl ustida xotiniga SMS yozganlikda gumon qilib, boshqa erkakka jiddiy tan jarohati yetkazgan.
Daʼvogar musht zarbidan olgan tan jarohatlari bilan viloyat tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan va bir ko‘zi operatsiya qilingan. Jabrlanuvchi sudda janjalda og‘ir tan jarohati olganini, advokat xizmatidan foydalangani uchun 15 mln so‘m moddiy zarar ko‘rganini aytgan. Maʼnaviy zarar uchun esa 200 mln so‘m talab qilgan.
Sudga oid tibbiy-ekspertiza xulosasiga ko‘ra, javobgarning jinoiy qilmishi natijasida daʼvogarning mehnat qobiliyatining 65 foizini yo‘qotilishiga sabab bo‘lgan.
Sud hukmiga ko‘ra, javobgardan daʼvogarga 15 mln so‘m moddiy, 60 mln so‘m maʼnaviy zarar undirish belgilangan.







