Xorazmda voyaga yetmagan qizlar Cobalt haydab, avariyaga uchragani aytilmoqda
Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

Xorazm viloyati Bog‘ot tumanida Cobalt yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Ushbu yo‘l-transport hodisasi joriy yilning 22-mart kuni Bog‘ot tumani hududidan o‘tgan 4K 953 avtomobil yo‘lning 3-kilometrida sodir bo‘lgan.
Dastlabki surishtiruv jarayonida Bog‘ot tumani Nurafshon mahallasida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan N.X. (erkak) o‘ziga tegishli bo‘lgan Cobalt rusumli avtomashinani boshqarish paytida boshqaruvni yo‘qotib yo‘lning o‘ng tomonidagi dala maydoniga ag‘darilishi natijasida yo‘l-transport hodisasi kelib chiqqanligi maʼlum bo‘ldi.
Avtomashina yo‘lovchisi bo‘lgan 2006 va 2007 yillarda tug‘ilgan ikki nafar qizga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.







