Jahon

Nigeriyada o‘g‘irlangan 200 dan ortiq bola ozod qilindi

Bu haqda Kaduna shtati gubernatori Uba Sani maʼlum qildi.

Nigeriyada o‘g‘irlangan 200 dan ortiq bola ozod qilindi

Nigeriya shimolidagi bir taʼlim muassasasidan o‘g‘irlab ketilgan 200 dan ortiq bola armiya tomonidan olib borilgan operatsiya natijasida ozod qilindi.

 

Reuters xabariga ko‘ra, gubernator harbiylarga “jinoyatchilikni to‘xtatish va jamoat tartibini tiklash” imkonini bergan jasorati va qatʼiyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

 

Joriy yilning 7 mart kuni ertalab Kuriga qishlog‘ida o‘quvchilarning umumiy yig‘ilishi chog‘ida davlat maktabiga hujum uyushtirilgandi. Bu Nigeriyada so‘nggi yillarda sodir bo‘lgan eng yirik odam o‘g‘irlashlardan biri edi.

 

Bungacha, 2014 yilda Nigeriya shimolidagi Chibok shahrida “Boko haram” terrorchilik guruhi 276 nafar o‘quvchi qizni o‘g‘irlab ketgan edi. 2021 yilga kelib ularning 100 dan ortig‘i bedarak yo‘qolgan. Save the Children tashkiloti Nigeriyada 2021 yil yanvar oyidan avgust oyigacha bo‘lgan davrda 1000 dan ortiq bola o‘g‘irlab ketilganini aytdi.

 

Nigeriya prezidenti Bola Tinubu xavfsizlikni taʼminlash va maktab o‘quvchilari uchun qidiruv-qutqaruv operatsiyasiga yordam berish uchun qo‘shimcha kuchlarni yuborishni buyurdi. 23 martda Sokoto shtati gubernatori maktab matbuot kotibi Liman Abubakarga ko‘ra, o‘g‘irlab ketuvchilar talab qilgan to‘lov to‘lanmagan bo‘lsa-da, 17 nafar maktab o‘quvchisi qo‘yib yuborilganini maʼlum qildi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.