O'zbekiston

Senat raisi Parlamentlararo ittifoq Raisi bilan uchrashdi

O‘zbekiston va Parlamentlararo ittifoq o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash masalalari, shuningdek, hamkorlikda o‘tkaziladigan tadbirlarning tashkiliy masalalari muhokama qilindi.

Senat raisi Parlamentlararo ittifoq Raisi bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva Jeneva shahrida Parlamentlararo ittifoq (PI) Raisi Tuliya Ekson bilan uchrashuv o‘tkazdi. 

 

O‘tgan qisqa muddat ichida O‘zbekiston Parlamentlararo ittifoqning ajralmas qismiga aylangani, hamkorlikda Buxoro shahrida Barqaror rivojlanish maqsadlariga bag‘ishlangan Xalqaro parlament forumi hamda Toshkent shahrida Parlamentlararo ittifoqqa aʼzo davlatlar parlamentlari ayol rahbarlari 14-sammitining muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bunga yorqin misol bo‘la olishi alohida taʼkidlandi. 

 

 

Mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan kelasi yili Parlamentlararo ittifoqning 150-yubiley Assambleyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi.  

 

Markaziy Osiyo mintaqasida ilk bor parlament yo‘nalishidagi bunday keng ko‘lamli tadbirning o‘tkazilishi jahon hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonning jahon siyosati markazlaridan biri sifatida eʼtirof etilayotganini tasdiqlaydi.

 

 

Uchrashuvda mamlakatimizda 150-Assambleyani hamda uning tegishli majlislarini tashkil etish va o‘tkazish bilan bog‘liq masalalarga alohida eʼtibor qaratildi. 

 

"O‘zbekiston ushbu Assambleyaga mezbonlik qilayotganidan xursandmiz, chunki aynan sizning mamlakatingiz bunday sharafga munosibdir. Men Toshkentdagi yubiley Assambleyani PI va butun jahon parlamentarizmi tarixidagi unutilmas voqeaga aylantirish uchun bor kuchimni ishga solishga tayyorman", — deya, taʼkidladi T.Ekson. 

 

 

Shuningdek, 2025 yilda Toshkentda o‘tkaziladigan tadbir yakunlariga ko‘ra Tashkilot butun jahon parlament harakatining o‘rta va uzoq muddatli istiqboldagi ustuvor yo‘nalishlarini belgilab beradigan tegishli hujjatni qabul qilishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Senat raisi Parlamentlararo ittifoq Raisi bilan uchrashdi | Zamon.uz