Toshkentda 43 yoshli erkak ehson qutisini o‘marmoqchi bo‘ldi
Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

Toshkent shaharning Mirzo Ulug‘bek tumanida ehson qutisini o‘marmoqchi bo‘lgan erkak ushlandi.
Qayd etilishicha, Milliy gvardiya “Qo‘riqlash” xizmati xodimlari “To‘ra buva” jome masjidi oldiga o‘rnatilgan ehson qutisini nomaʼlum shaxsning ochishga urinayotganini ko‘rib qolishgan. Xodimlarni ko‘rib qochishga uringan ushbu shaxs tezda qo‘lga olinib, hududiy IIBga topshirilgan.
Olib borilgan dastlabki surishtiruv davomida ushbu fuqaro Xorazm viloyatida tug‘ilgan 43 yoshli fuqaro M.M. ekanligi aniqlangan. Surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.







