Umra ziyoratini tashkil etish uchun litsenziya joriy qilinmoqda
Bu masala Oliy Majlis Qonunchilik palatasida muhokama qilindi.

Umra ziyoratini huquqiy jihatdan tartibga solish, ziyoratchilarning haq-huquqlarini taʼminlash maqsadida bunday tadbirni tashkil etish va o‘tkazish uchun litsenziya joriy qilinmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to‘g‘risida”gi qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi muhokama qilindi.







