O'zbekiston

Andijonda alimentdan qarzdor ona jinoiy javobgarlikka tortildi

2022 yilga kelib uning qarzdorligi 85 millionga yetgan.

Andijonda alimentdan qarzdor ona jinoiy javobgarlikka tortildi

Andijon viloyatida farzandlarining moddiy taʼminotidan bo‘yin tovlab kelgan ayol jinoiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, Yo.D. bir necha yil muqaddam fuqaro Qobiljon Dolimov bilan qonuniy nikohdan o‘tib, turmush qurgan.

 

2007 yilda qizi M.Q., 2010 yilda esa o‘g‘li M.Q. tug‘ilgan. Ammo vaqt o‘tishi bilan er-xotinning o‘rtasiga sovuqchilik tushib, 2016 yilda ajrashib ketishadi. Shundan so‘ng ayol jigarbandlarini xo‘jayiniga tashlab ketadi.

 

Erkak ayolidan aliment undirish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tumanlararo sudiga ariza bilan murojaat qiladi. Sudning 2016 yil 13 oktyabrdagi sud buyrug‘iga asosan onadan sobiq xo‘jayini foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun har oylik daromadining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilanadi.

 

Lekin ayol boshqa shaxs bilan turmush qurib, yana 3 nafar farzandli bo‘ladi. 2022 yilga kelib, uning alimentdan qarzdorligi 85 million 896 ming so‘mga yetadi. Oqibatda 2022 yil 15 dekabrda jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudining qaroriga asosan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-4-moddasi bilan bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari – 300 ming so‘m miqdorida jarima jazosiga tortiladi.

 

Ammo Yo.D. shunda ham o‘ziga tegishli xulosa chiqarmay, 2023 yil 13 apreldan 2023 yil 1 dekabrga qadar alimentni to‘lamaydi.

 

Yaqinda mazkur holat jinoyat ishlari bo‘yicha Andijon shahar sudida ko‘rib chiqildi. Sud Yo.D.ni Jinoyat kodeksining 122-moddasi 1-qismi bilan aybdor deb topib, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari – 1 million 700 ming so‘m jarima jazosiga mahkum etdi. Shuningdek sud hukmida sudlanuvchidan Q.D. foydasiga 15 million 677 ming so‘m aliment pullarini undirish ham belgilandi.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Andijonda alimentdan qarzdor ona jinoiy javobgarlikka tortildi | Zamon.uz