Farg‘onalik erkak issiqxonaga nasha ekib qo‘lga tushdi
DXX va IIB tomonidan uning uyida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyat Oltiariq tumanida tomorqasidagi issiqxonada ko‘p miqdordagi ko‘knori giyohvandlik moddasini yetishtirgan shaxs aniqlandi.
18-mart kuni Farg‘ona viloyat IIB, DXX hamda Oltiariq IIB tezkor xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda «Chinortagi» MFY da yashovchi, 1961-yilda tug‘ilgan fuqaro yashash uyi tomorqasida joylashgan issiqxonada jami 1 800 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simligini parvarishlab kelayotgani maʼlum bo‘lgan.
Bundan tashqari, fuqaro mazkur uyning og‘ilxonasida 6 kg ko‘knori giyohvandlik moddasining quritilgan poyalarini saqlayotgani fosh bo‘lgan
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.







