Jahon

"Terrorchining vatani, millati va dini bo‘lmaydi"

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon Moskvadagi terakt haqida munosabat bildirdi.

"Terrorchining vatani, millati va dini bo‘lmaydi"

Moskvadagi “Krokus” konsert zalida sodir etilgan terakt oxirgi kunlarning eng ko‘p muhokama qilinayotgani mavzusiga aylandi. Teraktni sodir etganlar tojikistonlik muhojirlar ekani maʼlum bo‘ldi. Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon rossiyalik hamkasbi Putin bilan telefon suhbatida va 25-mart kuni Navro‘z tantanalari vaqtida so‘zlagan nutqida bu mudhish voqea haqida gapirdi.

 

24-mart kuni Emomali Rahmon Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon suhbati o‘tkazib, Moskva oblastidagi teraktni keskin qoralab, terrorchilarning millati bo‘lmasligiga urg‘u berdi. Suhbat Tojikiston tomoni tashabbusi bilan amalga oshirilgan: «Terrorchilarning vatani, millati va dini bo‘lmaydi», degan Rahmon xususan Putin bilan suhbatida.

 

Tojikiston prezidenti Putinga barcha tojikistonliklar Rossiyadagi mudhish voqea sabab rossiyaliklarga hamdard ekanini aytgan. Suhbat davomida tomonlar terrorizm va diniy radikalizmga qarshi birgalikda kurashish borasida kelishib olgan.

 

Navro‘z bayrami munosabati bilan Tojikistonda o‘tkazilgan «Shodlik karvoni» tadbirlarida nutq so‘zlagan Rahmon yana bir bor Moskvadagi terakt haqida gapirdi va ota-onalar farzandi tarbiyasiga eʼtiborli bo‘lishi kerakligini taʼkidladi.

 

«Moskva yaqinida qo‘rqoqlarcha amalga oshirilgan dahshatli voqealar barchamizni, ayniqsa ota-onalarni farzandlar tarbiyasiga jiddiy eʼtibor qaratishga undaydi. Bolalarimizni bunday vayronkor guruhlarga aralashib qolishidan saqlashimiz lozim. Ular tojiklar suveren davlati, o‘z ota-onalari va tojik millati sharafini himoya qilishi kerak», deb Rahmonning so‘zlarini keltirgan Tojikiston prezidenti rasmiy sayti.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

"Terrorchining vatani, millati va dini bo‘lmaydi" | Zamon.uz