O'zbekiston

Binolardagi mozaikalar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent shahri va respublika viloyatlaridagi 157 ga yaqin mozaik panno monumental sanʼat yodgorliklari sifatida Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatiga kiritildi.

Binolardagi mozaikalar madaniy meros obyektlari ro‘yxatiga kiritildi

Gazeta.uz yozishicha, qarorda reyestrni to‘ldirishdan ko‘zlangan maqsad mozaika, panno va tasviriy sanʼat asarlarini har tomonlama o‘rganish, asrab-avaylash va ulardan oqilona foydalanish, shuningdek, ularning mamlakat turizm salohiyatini rivojlantirishdagi rolini oshirishdan iborat ekani yozilgan.

 

Ro‘yxatdagi mozaikalar davlat kadastriga kiritiladi. Obyektlarning kadastr hujjatlariga ularning madaniy qiymati borligi to‘g‘risidagi yozuv qo‘shiladi.

 

Bundan buyon ro‘yxatga kiritilgan obyektlar mavjud binolarda, ularning muhofaza tegralari va tutash hududlarida rejalashtirilgan qurilish ishlari bilan bog‘liq har qanday faoliyat turi Madaniy meros agentligi bilan kelishilishi kerak.

 

Ro‘yxatga kiritilgan mozaikalarning aksariyati Toshkentda joylashgan. Shuningdek, unda Nukus, Urganch, Xiva, Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Qo‘qon, Angren, Guliston va bir qancha tumanlardagi mozaikalar mavjud.

custom img

Zafarabod tumani hokimi va uning o‘g‘li YTHga uchradi

“MAZ” rusumli yuk mashinasi chapga burilish vaqtida qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanayotgan hokim boshqaruvidagi “KIA Seltos” bilan to‘qnashgan.

custom img

Xorijliklardan O‘zbekistonga kirish vizasi uchun 31 ming dollar olganlar ushlandi

Ular uch nafar xorijiy fuqaroga O‘zbekistonga kirish vizalarini tanishlari orqali rasmiylashtirib berishni vaʼda qilgan.

custom img

O‘zbekistonda 2050-yilga borib tug‘ilishlar soni 1,2 milliondan oshishi mumkin

2050-yilga kelib mamlakatda bir yil davomida dunyoga keladigan bolalar soni 2025-yilga nisbatan 40 foizdan ko‘proqqa oshishi prognoz qilingan.

custom img

Harakatlanayotgan ikki avtomobil ustiga daraxt qulab tushdi

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.

custom img

Andijondagi “G‘amxo‘rlik” markazida bolalarga zo‘ravonlik qilingani aniqlandi

O‘rganish yakunlariga ko‘ra, 6 nafar tarbiyachi va 1 nafar hamshira ishdan bo‘shatildi.

custom img

O‘zbekistonda 1,4 mln tonna maishiy chiqindi olib chiqilib, utilizatsiya qilindi

“Dolzarb 40 kunlik” tozalik tadbirlari doirasida hududlardan kuniga 30–40 ming tonna chiqindi olib chiqildi.

custom img

Istanbulda adashib masjidga kelib qolgan 13 yoshli o‘zbekistonlik qiz onasiga topshirildi

Masjid imomi xabar bergach, diplomatlar voyaga yetmagan bolani konsulxonaga olib kelib, uning yaqin qarindoshlari bilan bog‘langan.

custom img

Shavkat Mirziyoyev maktab o‘quvchilari, ustoz va ota-onalarni Bilimlar kuni bilan tabrikladi

Davlat rahbari yangi o‘quv yili ta’lim tizimida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lishiga umid bildirdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"