Toshkentda sobiq xodim MIB orqali o‘z lavozimiga tiklandi
Ijro harakatlari davomida sobiq xodim rahbar kotibasi lavozimiga qayta tiklangan.

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Uchtepa tuman bo‘limi tomonidan sud hujjatlari ijrosini taʼminlash, shuningdek, fuqarolarning buzilgan huquq va qonuniy manfaatlarini tiklash borasida tegishli ijro harakatlari amalga oshirilmoqda.
Xususan, fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudining 2026 yil 29 sentyabrdagi ijro varaqasiga asosan, qarzdor «p.K.D.» tashkiloti zimmasiga undiruvchi S.A.ni rahbar kotibasi lavozimiga ishga tiklash majburiyati yuklatilgan.
Mazkur ijro hujjati 2026 yil 12 oktyabr kuni Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.
Ijro hujjati talablarining o‘z vaqtida bajarilishini taʼminlash maqsadida belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rildi. Natijada, ish beruvchi tomonidan belgilangan bir kunlik ixtiyoriy ijro muddati davomida sobiq xodim rahbar kotibasi lavozimiga qayta tiklandi.







