O'zbekiston

Beruniyda MIB orqali farzandlar ota tarbiyasiga olib berildi

Natijada bolalar otasi bag‘riga qaytarilib, sud qarori ijrosi taʼminlangan.

Beruniyda MIB orqali farzandlar ota tarbiyasiga olib berildi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tumanlararo sudining ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan ikki nafar farzandni javobgar Z.S.dan otasi Sh.X.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.


Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.



Xususan, ijro hujjati ijrosini taʼminlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan shovqin-suron bo‘lishining oldini olgan holda javobgar va daʼvogarlar joriy yilning 28-oktyabr kuni Byuroga chaqirilib, javobgarga sud qarori ijrosi taʼminlanishi lozimligi, uning ijrosini taʼminlamaslikning salbiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilgan.



Shuning natijasida, javobgar Majburiy ijro byurosi Beruniy tuman bo‘limining o‘zida, olib berilishi lozim bo‘lgan bolalar otasi bag‘riga qaytarilib, sud qarori ijrosini taʼminlagan.