Bekobodda qarzdorlik sababli 9 mlrd so‘mlik bino sotildi
Hozirgi kunda ijro ishi amaldagi qonunchilik talablariga asosan tamomlangan.

Majburiy ijro byurosining Toshkent viloyat boshqarmasi Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi ish yurituviga Fuqarolik ishlari bo‘yicha Bekobod tumanlararo sudining 26.03.2026 yildagi ijro hujjati 24.07.2026 yilda kelib tushgan va shu kuni ijro ishi qo‘zg‘atilgan.
Ijro hujjatiga asosan qarzdor “O.B.” korxonasidan undiruvchi BRB bank foydasiga 9 421 840 330 so‘m qarzdorlik undirish hamda undiruvni garovga qo‘yilgan noturar binoga qaratish belgilangan.
Qonun talablariga muvofiq, qarzdorga qarzni ixtiyoriy ravishda qoplash uchun muddat berilgan.
Biroq belgilangan muddatda qarzdorlik bartaraf etilmagani sababli majburiy ijro harakatlari amalga oshirildi.
Garov mulki sifatida qayd etilgan noturar bino, belgilangan tartibda auksion savdosiga chiqarilib, sotilgan va sotuvdan tushgan pul mablag‘laridan 9 578 732 280 so‘m miqdoridagi qarz to‘liq undirilib, mablag‘ undiruvchi foydasiga o‘tkazildi.
Hozirgi kunda ijro ishi amaldagi qonunchilik talablariga asosan tamomlangan.







