O'zbekiston

Samarqandda MIB gaz taʼminoti korxonasi foydasiga 20,8 mlrd so‘m mablag‘ undirdi

Shu tariqa yil boshidan buyon 3 124 ta ijro hujjati tamomlangan.

Samarqandda MIB gaz taʼminoti korxonasi foydasiga 20,8 mlrd so‘m mablag‘ undirdi

Majburiy ijro byurosi Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan gaz taʼminoti sohasida yuzaga kelgan qarzdorliklarni bartaraf etish, sud hujjatlari ijrosini taʼminlash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda.



Jumladan, joriy yil boshidan buyon «Hududgaz Samarqand» gaz taʼminoti filiali foydasiga 3 124 ta ijro hujjati bo‘yicha jami 20,8 milliard so‘m mablag‘ undirilishi taʼminlandi.



Qarzdorliklarni qoplashga qaratilgan ijro tadbirlari doirasida qarzdorlarga tegishli 3,1 milliard so‘mlik mol-mulk xatlovga olindi. Ayni vaqtda ushbu mol-mulklarni qonunchilikda belgilangan tartibda elektron onlayn-auksion savdolari orqali realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.



Shuningdek, ijro jarayonlarida aholiga qulaylik yaratish, ularning murojaat va tushuntirishlarini joyida o‘rganish maqsadida profilaktik tadbirlarga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda.



Shu bilan birga sud hujjatlari mazmun-mohiyati tushuntirilib, mavjud qarzdorliklarni qonuniy tartibda bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.