O'zbekiston

Toshkentda fuqaro MIB orqali xonadonga kiritildi

Maʼlum bo‘lishicha, u turmush o‘rtog‘i bilan nizolashib kelgan.

Toshkentda fuqaro MIB orqali xonadonga kiritildi

Majburiy ijro byurosi Toshkent shahar Yangihayot tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan undiruvchi A.A.ni qarzdor M.A.ga tegishli Toshkent shahar, Yangihayot tumani, 8-qurilish hududida joylashgan ko‘p kvartirali uydagi xonadonga kiritish to‘g‘risidagi ijro hujjati kelib tushgan.

 

Mazkur xonadon tomonlar oila bo‘lib yashagan davrda ipoteka krediti asosida xarid qilingan bo‘lib, undan foydalanish masalasi yuzasidan kelib chiqqan nizo sud tartibida ko‘rib chiqilgan.

 

Ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi qo‘zg‘atilib, qarzdorga sud hujjatida belgilangan talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish zarurligi haqida tegishli qaror yuborilgan. Biroq qarzdor tomonidan belgilangan talablar ixtiyoriy ravishda bajarilmaganligi sababli davlat ijrochisi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda majburiy ijro harakatlariga kirishilgan.

 

Jumladan, undiruvchini xonadonga kiritish bo‘yicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi haqida tegishli xabarnoma yuborilgan.

 

Natijada, 2026 yil 28 oktyabr kuni davlat ijrochisi tomonidan sud hujjati ijrosi taʼminlanib, undiruvchi A.A. nizoli xonadonga kiritildi va xonadon kalitlari unga topshirildi. Mazkur holat tegishli tilxat bilan rasmiylashtirildi.