Qozog‘istonda poyezd halokatga uchradi
8 ta vagon relsdan chiqib ketgan.

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida yuk poyezdi halokatga uchrab, 8 ta vagon relsdan chiqib ketdi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, bugun ertalab Shalqar – Jem uchastkasining "Qoviljir" stansiyasida 58 ta vagondan 8 tasi relsdan chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Hozirda temiryo‘lda restavratsiya ishlari olib borilmoqda.







