Toshkentda xalqaro shaxmat turniri boshlandi
Uning mukofot jamg'armasi 25 ming AQSH dollar.

Bugun, 27-mart kuni Toshkent shahrida “O‘zbekistoning birinchi grossmeysteri G.T. Agzamov xotirasiga bag‘ishlangan” 17-an’anaviy xalqaro shaxmat turniri boshlandi.
Mukofot jamg‘armasi 25 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqada ikki guruhdan iborat bo‘lib 18 davlatdan ikki yuz qirq nafardan ortiq shaxmatchi ishtirok etmoqda.
62 ta unvonli ishtirokchilar orasida 15 nafar grossmeyster (GM), 2 nafar ayol grossmeyster (WGM), 13 nafar xalqaro usta (IM), 4 nafar ayol xalqaro usta (WIM) va boshqalar bor.







