Xalq artisti Maryam Yoqubova haqida film yaratildi
Aktrisa “Mahallada duv-duv gap” filmidagi roli bilan mashhur.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Milliy kinofondi tomonidan Maryam Yoqubova hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi. Ssenariy muallifi Tamara Yoqubova, rejissyor Navruza Biynazova, operator Rahmatilla Yoqubov.
Maryam Yoqubova ishtirokidagi “Mahallada duv-duv gap”, “Maftuningman”, “Ganga qizi”, “Ali bobo va qirq qaroqchi” kabi filmlar haligacha tomoshabinlar eʼtiboridan tushmagan. Aktrisa ijodida radio alohida o‘rin tutgan.







