O'zbekiston

Jizzaxda Hududgaz bo‘lim boshlig‘i pora ustida ushlandi

U mehmonxonada 300 mln olayotganda qo‘lga tushgan.

Jizzaxda Hududgaz bo‘lim boshlig‘i pora ustida ushlandi

Jizzaxda Hududgaz bo‘lim boshlig‘i va MCHJ rahbari firibgarlik ustida qo‘lga tushdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.

 

Qayd etilishicha, “Hududgaz Jizzax” filiali qurilish va taʼmirlash bo‘limi boshlig‘i, “Jizzax neftgaz stroyMCHJ rahbari bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, 1998 yili tug‘ilgan fuqaroga Zafarobod tumani hududida “JizzaxneftgazstroyMCHJ nomiga baliqchilik faoliyatini rivojlantirish uchun 10 yil muddatga ijara asosida ajratilgan 40 gektar hamda o‘zining yeriga tutash bo‘lgan yana 24 gektar yer maydonini jami 800 mln so‘mga sotishga kelishgan.

 

Kelgusida davlat o‘rmon xo‘jaligi balansidagi 130 gektar yer maydonini o‘zining yuqori lavozimda ishlovchi vakolatli tanishlari orqali olib berishi evaziga 10 000 AQSH dollari berishni so‘ragan.

 

13 mart kuni o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ikki nafar shaxs Jizzax shahrida joylashgan mehmonxonada kelishilgan pullardan 300 mln so‘mini oldindan bo‘nak sifatida olgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan.

 

Holat yuzasidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Do‘stlik tumani bo‘limi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib tergov harakatlari borilmoqda.

 

custom img

O‘zbekiston Prezidenti Koreyadagi vatandoshlar bilan muloqot qildi

Shavkat Mirziyoyev yurtdoshlar bilan suhbatlashib, ularning faoliyati, o‘qishi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida davlat tashrifi bilan Seulga keldi

O‘zbekiston Prezidentini Bosh vazir o‘rinbosari – iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol hamda boshqa rasmiylar kutib oldi.

custom img

Prezident topshirig‘i bilan podpolkovnik Dilnoza Redjabovaga polkovnik unvoni berildi

U IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati Axborot xizmatida yetakchi mutaxassis lavozimida faoliyat yuritadi.

custom img

O‘zbekiston Prezidenti davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev birinchi “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” sammitida ham ishtirok etadi.

custom img

O‘zbekiston TIV Saudiya Arabistoniga hujumdan xavotir bildirdi

Vazirlik tinch aholi, fuqarolik va energetika infratuzilmasi obyektlariga qarshi kuch ishlatilishini hamda Yaqin Sharq davlatlari xavfsizligiga tahdid soluvchi har qanday harakatlarni keskin qoraladi.

custom img

Noqonuniy diniy taʼlim va giyohvandlik: sobiq imom-xatib 3,5 yilga qamaldi

Sobiq imom-xatib 5 nafar voyaga yetmaganga noqonuniy diniy taʼlim bergani va giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilgani uchun 3 yil 6 oyga ozodlikdan mahrum etildi.

custom img

Dars o‘rniga janjal: tekshiruv boshlandi

Qarshidagi maktabda o‘quvchilar janjali yuzasidan surishtiruv boshlandi.

custom img

Jalolobodda zilzila: O‘zbekistonning ikki viloyatida ham sezildi

Qirg‘izistonda 3,9 magnitudali zilzila qayd etildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"