O'zbekiston

Toshkentda kuchli shamol sabab elektr avariyaviy o‘chdi

Ayrim hududlar gaz tarmog‘idan uzilib qolgan.

Toshkentda kuchli shamol sabab elektr avariyaviy o‘chdi

 

Toshkentda kuchli shamol sabab elektr tarmog‘ida avariyaviy uzilishlar kuzatildi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

 

Qayd etilishicha, soat 09:33 da qattiq shamol natijasida Toshkent shahrida 110 kVli «L-K-D» elektr uzatish tarmog‘i 60 MVt quvvat bilan avariyaviy o‘chgan.

 

Buning natijasida Toshkent viloyatining Piskent, Quyi Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlarida istiqomat qiluvchi 12 ming 550 ta isteʼmolchi, shuningdek, kichik ishlab chiqarish sanoat korxonalari elektr taʼminotidan uzilgan.

 

Hozirgi vaqtda isteʼmolchilarni boshqa manbalardan taʼminlash choralari ko‘rilyapti.

 

Soat 10:20 da Toshkent shahri Chilonzor tumani 19-kvartal, Xirmontepa mahallasida diametri 50 mm bo‘lgan past bosimli gaz quvuri katta daraxt shamol oqibatida ildizidan qo‘porilib tushgani bois uzilgan. Natijada ushbu hududdagi 16 ta ko‘p qavatli uyning 768 ta xonadoni tabiiy gazdan vaqtincha uzilgan.

 

Ayni paytda maxsus brigadalar tomonidan ushbu nosozliklar bartaraf etilmoqda.

 

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda kuchli shamol sabab elektr avariyaviy o‘chdi | Zamon.uz