Salomatlik

Keksalarda immunitetni tiklashning samarali yo‘li topildi

U koronavirus singari xavfli infeksiyalarga qarshi himoya qobiliyatini oshiradi.

Keksalarda immunitetni tiklashning samarali yo‘li topildi

Immun tizimi — organizmni turli mikrob va infeksiyalardan himoyalovchi qalqon. Qolaversa, u tana aʼzolarimiz faoliyatini tartibga solishda muhim rol o‘ynaydi.

 

Biroq yosh o‘tgan sayin odam immuniteti tobora zaiflashib boraveradi. Qarish jarayoni va Immun tizimi o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgangan tadqiqotchilar xulosasi shunday. Yaʼni keksalarda timus bezi hajmi kichrayib, gormonlar ishlab chiqarilishi ozayishi va limfoid to‘qimalar atrofiyasi kuzatilishi — tasdiqlangan ilmiy fakt.

 

Buning oqibati qon tarkibida T-limfotsitlar miqdori kamayishiga olib keladi. Shuningdek, limfotsitlar o‘z hujayralarimiz yordamida faollashish qobiliyatini bora-bora yo‘qotadi.

 

Ana shu omilga asoslangan Buyuk Britaniya olimlari muayyan hujayralarga taʼsir ko‘rsatuvchi muolaja usuli orqali keksa insonlar immunitetini tiklash yo‘lini topdi.

 

Tadqiqot davomida gematopoyetik ildiz hujayralarini yo‘q qilish va ularni yangilari bilan almashtirish yordamida immunitet tizimi muvozanatini tiklash mumkinligi o‘rganildi.

 

Buning uchun dastlab sichqonlar ustida tajriba o‘tkazilib, 18-24 oylik ushbu jonivorlar organizmiga gematopoyetik ildiz hujayralarining bir qismini yo‘q qilishga qaratilgan antitanalar yuborildi. Natijada tanaga kiritilgan yangi V va T-limfotsitlari tufayli Immun tizimi mustahkamlandi.

 

Olimlarning taʼkidlashicha, ular bitta muolaja kursi bu qadar katta samara berganidan hayratda.

 

Muhimi, davolangan va davolanmagan hayvonlar o‘rtasidagi tafovut ikki oydan keyin ham saqlanib qoldi. Masalan, muolaja qilingan jonivorlar sakkiz hafta o‘tgach, ilgari duch kelmagan virusga qarshi emlanganida, ularning Immun tizimi boshqa hayvonlarnikiga qaraganda kuchliroq javob reaksiyasini namoyon qilib, infeksiyaga ancha samarali qarshilik ko‘rsata oldi.

 

Shundan kelib chiqib, tadqiqotchilar mazkur yangi usul keksa insonlarning koronavirus singari xavfli infeksiyalar va boshqa yuqumli kasalliklarga qarshi himoya qobiliyatini oshirishiga ishonch bildirmoqda. Yakuniy xulosa esa insonlarda o‘tkaziladigan klinik sinovlar muvaffaqiyatiga bog‘liq.

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Keksalarda immunitetni tiklashning samarali yo‘li topildi | Zamon.uz