“Mahalla yettiligi”ga yangi vakolat berildi
Bu orqali adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.

“Mahalla yettiligi”ga hududida aslida ko‘rsatilmagan xizmat bo‘yicha noreal qarzni hisobga olmaslik vakolati beriladi. Bu haqda Prezident boshchiligidagi yig‘ilishda aytib o‘tildi.
Bu orqali xizmat ko‘rsatilmagan hudud uchun ham debitor qarzdorlik yozib qo‘yishdek adolatsiz amaliyotga chek qo‘yiladi.







