O'zbekiston

Prezident iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

Davlat rahbari ichki bozorda narx-navo barqarorligi masalasiga alohida to‘xtaldi.

Prezident iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish va tarmoqlarning raqobatbardoshligini oshirish masalalari muhokamasi yuzasidan yig‘ilish o‘tkazdi.

 

Davlat rahbari tomonidan belgilab berilgan ustuvor yo‘nalishlar, shu jumladan, yirik korxonalarni transformatsiya qilish, hududlarning “o‘sish nuqtalari”ni ishga solish, aholi bandligini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida soha va tarmoqlarda iqtisodiy faollik oshib bormoqda.

 

Xususan, joriy yilning birinchi choragida yalpi ichki mahsulot hajmi 6 foizdan ziyod o‘sishi kutilmoqda. Bunda tadbirkorlik faol qo‘llab-quvvatlanishi va qish mavsumida barqaror energiya resurslari bilan taʼminlanishi hisobiga sanoat o‘sishi qariyb 10 foizga, eksport hajmi 3,5 milliard dollarga yetishi muhim omil bo‘lmoqda.

 

Tashqi bozorda raqobat kuchayib borayotgan sharoitni inobatga olgan holda, 2024 yilda bozor iqtisodiyoti poydevorini qurishning asosiy jarayonlarini yakunlab, iqtisodiyotni sifat jihatidan mutlaqo yangi darajaga olib chiqish, korxonalarning moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini oshirish talab etilmoqda.

 

Shu bois yig‘ilishda yirik davlat korxonalarining xarajatlarini maqbullashtirish, energiya resurslarini tejash borasida qilinayotgan ishlar natijadorligi atroflicha ko‘rib chiqildi. Dunyo bozoridagi murakkab sharoitda eksport tushumlarini oshirish, korxonalarning to‘lov qobiliyatini mustahkamlash, debitor qarzdorligini kamaytirish, xarajatlar asossiz o‘sishining oldini olish bo‘yicha aniq vazifalar qo‘yildi.

 

Alohida eʼtibor tarmoq va hududlarning eksport imkoniyatlarini to‘la ishga solish masalalariga qaratildi. Buning uchun tadbirkorlarga tashqi bozorlarga chiqishda qulay ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini yaratib berish, mahsulotlarning raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

 

Davlat rahbari ichki bozorda narx-navo barqarorligi masalasiga alohida to‘xtalib, kundalik isteʼmol tovarlarini mahalliylashtirishni kengaytirish, korxonalarning quvvatini oshirishga ko‘maklashish zarurligini taʼkidladi.

 

Yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirishda hududlardagi sanoat zonalari hamda kooperatsiya imkoniyatlaridan keng foydalanish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash kerakligi qayd etildi. Asosiy eʼtiborni qo‘shilgan qiymatli mahsulotlar tayyorlash, ish o‘rinlarini ko‘paytirishga qaratish shartligi ko‘rsatib o‘tildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi | Zamon.uz