O'zbekiston

Ratsiyalardan ruxsatnomasiz foydalangan mansabdorga chora ko‘rildi

Fuqaro tomonidan belgilangan tartibda o‘rnatilgan normalar buzilgan.

Ratsiyalardan ruxsatnomasiz foydalangan mansabdorga chora ko‘rildi

Joriy yilning mart oyida  «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Bxoro viloyat hududiy shuʼbasi, viloyat Elektromagnit moslashuv xizmati hamda Ichki ishlar xodimlari hamkorligida Buxoro shahrida radioelektron vositalardan ruxsatnomasiz foydalanishning oldini olish maqsadida radiomonitoring tadbirlari o‘tkazildi.

 

Tadbirlar davomida Buxoro shahar A.G‘ijduvoniy ko‘chasi hududida joylashgan savdo majmuasida mansabdor shaxs J.J. tomonidan 6 dona BAOFENG BF-888S rusumli radioelektron vositalardan belgilangan tartibda ruxsatnoma rasmiylashtirmasdan foydalanilayotgani aniqlandi. 

 

Mazkur holat sabab, fuqaro tomonidan radioelektron vositalar yoki yuqori chastotali qurilmalardan foydalanishning belgilangan qoidalari hamda davlat standartlari, normalari va belgilangan tartibda o‘rnatilgan parametrlari talablari buzilgan.

 

Ushbu huquqbuzarlik sabablari «O‘zkomnazorat» inspeksiyasi Buxoro viloyat hududiy shuʼbasi tomonidan o‘rganib chiqilib, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi qonun 12-moddasi va Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan «Radioelektron vositalarni sotib olish va (yoki) o‘rnatish, xorijdan olib kirish, ekspluatatsiya qilishga ruxsat etish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risida»gi nizom hamda Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 152-moddasi 1-qismiga asosan maʼmuriy ish hujjatlari rasmiylashtirilib, jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi va mansabdor shaxsga nisbatan chora ko‘rildi. 

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Ratsiyalardan ruxsatnomasiz foydalangan mansabdorga chora ko‘rildi | Zamon.uz