Jahon

AQSH terrorchilik tahdidining Rossiya tomonidan rad etilganidan afsusda

Bundan tashqfri AQSH terrorchilik tahdidlari bo‘yicha Rossiya bilan maʼlumot almashishda davom etadi.

AQSH terrorchilik tahdidining Rossiya tomonidan rad etilganidan afsusda

Qo‘shma Shtatlar yuzaga kelayotgan terrorchilik tahdidlari haqida Rossiya hukumati bilan maʼlumot almashishda davom etadi. 

 

«Bir hafta oldin ISHID-Xuroson rossiyalik yuzlab beayb fuqarolarga qarshi shafqatsiz va vahshiy terrorchilik hujumini amalga oshirdi. Men Amerika Qo‘shma Shtatlari terrorizmning barcha ko‘rinishlarini so‘zsiz qoralashini aniq aytmoqchiman», — dedi Linn Treysi elchixona bayonotida.

 

Elchi «Rossiyaning bir qancha amaldorlari» mart oyi boshida AQSH rasmiylari Rossiya razvedka idoralariga ISHID tahdidlari yuzasidan taqdim etgan maʼlumotlarni buzib talqin qilgani va «ochiq-oydin rad etganidan» afsusda ekanini aytdi.

 

«Faktlar shundan iboratki, Rossiya rasmiylariga berilgan yozma maʼlumotlar aniq, o‘z vaqtida va ishonchli bo‘lgan. Biz ko‘p yillar davomida Rossiya rasmiylari bilan tahdid maʼlumotlarini baham ko‘rdik va shunday qilishda davom etamiz. Shuningdek, biz Rossiya hukumatining «Krokus Siti Xoll» hujumini tergov qilishda yordam so‘rab yuborgan so‘rovlariga javob berishda davom etamiz», — dedi Treysi.

 

Elchi taʼkidlaganidek: “ISHID-Xuroson” o‘tgan hafta «Krokus Siti Xoll»ga uyushtirilgan dahshatli hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi. “ISHID-Xuroson” butun dunyo razvedka idoralariga vahshiyona va zo‘ravonlik harakatlari, jumladan, 2022 yilda Rossiyaning Kobuldagi elchixonasini portlatish kabi hujumlar tarixiga ega terrorchi tashkilot sifatida yaxshi tanilgan».

 

U, shuningdek, rus xalqi teraktdan keyin normal hayotga qaytish uchun kuch topishiga umid bildirdi.

 

«Hech narsa o‘tgan haftadagi voqealarning fojiali mohiyatini o‘zgartira olmaydi yoki halok bo‘lganlarni ortga qaytara olmaydi. Va biz chin dildan umid qilamizki, rus xalqi tinchlikka erishadi va kelgusi bir necha kun va haftalarda yashashni davom ettirish uchun kuchini tiklaydi»,— dedi Treysi.

 

«Ushbu dahshatli fojiadan qayg‘u chekayotgan va jabr ko‘rgan har bir inson bilan yuragimiz birga. Rossiya bugun nihoyatda og‘ir va og‘riqli vaqtni boshdan kechirayotganini tushunamiz», deyiladi elchi bayonotida.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSH terrorchilik tahdidining Rossiya tomonidan rad etilganidan afsusda | Zamon.uz