Teraktdan so‘ng tojikistonliklar Rossiyani tark etmoqda
Ularga nisbatan taʼqiblar bo‘layotgani aytilmoqda.

Tojikiston fuqarolari Moskva viloyatidagi terakt ortidan Rossiyani tark etmoqchi. Ular taʼqiblarga uchrayotgani aytilmoqda.
Tojikiston mehnat vaziri o‘rinbosari Shahnoza Nodiriyning maʼlum qilishicha, so‘nggi kunlarda vazirlikka ko‘p qo‘ng‘iroqlar tushmoqda. Ularning aksariyati Tojikiston fuqarolarining Rossiyadagi qo‘rquvi va vataniga qaytish istagi bilan bog‘liq.
“Biz hozir vaziyatni kuzatib boryapmiz, fuqarolar Rossiyaga ketishdan ko‘ra ko‘proq vataniga qaytyapti”, dedi Nodiriy.
Rasmiyning fikricha, bu vaqtinchalik holat bo‘ladi.
Maʼlumot uchun, Rossiya Federatsiyasida konsert zaliga qilingan hujumdan keyin migrantlarga qarshi tekshiruvlar kuchaygan.







