O'zbekiston

Termizda fuqaro soxta sertifikat bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘ldi

Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Termizda fuqaro soxta sertifikat bilan o‘qishga kirmoqchi bo‘ldi

Termiz shahrida “TOEFL” sertifikatini olib berishni vaʼda qilgan firibgar ushlandi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi va IIB xodimlari hamkorligida Termiz shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.R fuqaro A.T.ning ishonchiga kirib, unga oliy taʼlimning magistratura bosqichiga o‘qishga kirishi uchun “TOEFL” sertifikatini olib berishni vaʼda qilib, evaziga 1 100 AQSH dollari va 1,2 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"