Jahon

Zelenskiy eng yaqin odamini ishdan bo‘shatdi

Hozircha ishdan olinish sabablari ochiqlanmagan.

Zelenskiy eng yaqin odamini ishdan bo‘shatdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy o‘zining eng yaqin sheriklaridan biri Sergey Shefirni prezident yordamchisi lavozimidan ozod qildi. 

 

U, shuningdek, prezidentning uch nafar shtatdan tashqari maslahatchisi - Mixail Raduskiy, Sergey Trofimov va Oleg Ustenkoni ishdan bo‘shatdi. Bundan tashqari, Ukraina Prezidentining farmoni bilan harbiylar huquqlarini taʼminlash masalalari bo‘yicha komissari Alena Verbiskaya va ko‘ngillilar faoliyati bo‘yicha komissar Natalya Pushkareva o‘z lavozimlaridan ozod etildi. Ishdan bo‘shatish sabablari ochiqlanmagan.

 

Eslatib o‘tamiz, 29 mart kuni Zelenskiy prezident devonxonasi rahbari o‘rinbosarlari Andrey Smirnov va Aleksey Dneprovni ishdan bo‘shatgandi. Bundan biroz oldin Ukraina prezidenti Aleksey Danilovni Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi lavozimidan ozod qilgandi. Keyinroq Danilov Ukrainaning Moldovadagi elchisi etib tayinlangani xabar qilindi.

custom img

Xitoy Tayvan bo‘g‘ozi yaqinidagi bazalariga dronlar joylashtirdi

Dronlar Tayvanga hujumning dastlabki bosqichida havo mudofaasini zaiflashtirish uchun ishlatilishi mumkin.

custom img

Donald Tramp Eron energetika obyektlariga zarba berishni yana 10 kunga to‘xtatdi

Tramp bu qaror Eronning iltimosiga ko‘ra qabul qilinganini bildirdi. Eron esa AQShga zarbalarni to'xtatish yuzasidan so'rov yubormaganini ma'lum qilgan.

custom img

Avstraliya eronlik sayyohlar uchun kirishni vaqtincha taqiqladi

Cheklov 26-martdan kuchga kirgan bo‘lib, taxminan 6 800 nafar viza egasiga ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Nikolas Maduro ustidan sud jarayoni boshlandi

Agar u aybdor deb topilsa, kamida 20 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin.

custom img

Rossiyada elektron sigaretlar butunlay taqiqlanishi mumkin

Davlat komissiyasi elektron nikotin yetkazib berish tizimlarini to‘liq taqiqlash tashabbusini qo‘llab-quvvatladi.

custom img

Bangladeshda avtobus daryoga qulashi oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi

Avtobusda taxminan 40 nafar yo‘lovchi bo‘lgan.

custom img

Pentagon Eronga qarshi “hal qiluvchi zarba” ssenariylarini ishlab chiqmoqda

Oq uy hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan, biroq muzokaralar natija bermasa, vaziyat keskinlashishi mumkin.

custom img

Osiyoda energiya inqirozi: Eron urushi ta’minot zanjirlarini izdan chiqardi

Xom neft narxining oshishi transport, ishlab chiqarish va kundalik iste’mol xarajatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"