O'zbekiston

O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 2,5 barobar ko‘paydi

2023-yilda O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 6,6 million nafarga yetdi.

O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 2,5 barobar ko‘paydi

Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari 2017-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasida turizm sohasida amalga oshirilgan islohotlarning asosiy natijalarini tahlil qildi.

 

Shuni taʼkidlash lozimki, oxirgi olti yilda turistlar oqimi qariyb 2,5 barobar ko‘paydi, yaʼni 2017-yilda xorijlik sayyohlar soni 2,6 million nafarni tashkil qilgandi.

 

Maʼlumot uchun: Dunyodagi 91 ta mamlakat fuqarolari O‘zbekistonga kelish uchun vizasiz tartibdan foydalanishi mumkin. Taqqoslaydigan bo‘lsak, Qozog‘istonga 26 ta, Turkiyaga 41 ta, Gruziyaga esa 56 ta mamlakat fuqarolari vizasiz kela oladi.

 

Turizm eksportining rivojlanishi mamlakatimiz iqtisodiyotining barqaror o‘sish manbalaridan biri hisoblanadi. 2023-yilda turizm xizmatlari eksporti 2 milliard 143 million AQSH dollarini tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich 2017-yilda 531 million dollarni tashkil qilgandi. 2023-yilda sayyohlar sonining sezilarli darajada oshishi hisobiga turizm xizmatlari eksporti 2017-yildagiga nisbatan qariyb 4,5 barobarga ortgan.

 

Maʼlumot uchun: Amerikaning Travel Lemming onlayn sayohat qo‘llanmasi 2023-yilda O‘zbekistonni dunyoning 50 ta eng yaxshi sayyohlik yo‘nalishi ro‘yxatiga kiritdi va mamlakatimiz 9-o‘rinni egalladi. Ushbu qo‘llanma har yili dunyo bo‘ylab yangi yo‘nalishlar va yashirin durdonalarni yoritadi va uni 6 milliondan ko‘proq sayohatchi o‘qiydi. Qayd etilayotgan natijalar sohaning salohiyati katta ekanligidan dalolat beradi. Shu bois sohada infratuzilma obyektlarini yana-da ko‘paytirish va ichki turizm imkoniyatlaridan samarali foydalanishga eʼtibor qaratilmoqda.

 

2023-yilda O‘zbekistonda sayyohlarni joylashtirish vositlari soni 5526 taga yetdi. Oxirgi olti yilda sayyohlarni joylashtirish vositlari soni 7,2 barobar ko‘paydi, yaʼni 2017-yilda ularning soni 767 ta edi xolos.

 

2017-2023 yillar oralig‘ida mamlakatimizda sayyohlarga xizmat ko‘rsatuvchi subyekt va obyektlar soni 7 baravar ko‘paydi va ularning soni 749 tadan 5276 taga yetdi.

 

“O‘zbekiston - 2030” strategiyasida tashqi va ichki turizmni rivojlantirish uchun keng sharoitlar yaratish orqali sayyohlar sonini oshirishga alohida eʼtibor berilgan. Shunga ko‘ra, 2030-yilga qadar xorijiy sayyohlar sonini 15 million nafarga, ichki sayyohlar sonini 25 million nafarga, ziyorat turizmi bo‘yicha keladigan sayyohlar sonini 3 million nafarga yetkazish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xususiy investitsiyalarni jalb qilish hisobiga respublikada mehmonlar uchun mo‘ljallangan o‘rinlar sonini kamida 2 barobar oshirish, turizm mahallalari sonini 175 taga, turizm xizmatlari eksportini 5 milliard dollarga, tibbiyot va taʼlim turizmi eksportini yiliga 1,5 milliard dollarga yetkazish belgilangan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.