Britaniyalik erkak muzlatkich bilan tog‘ni zabt etdi
U buning uchun Afrikaning eng baland nuqtasini tanlagan.

Britaniyalik erkak 30 kg muzlatkich bilan Kilimanjaro tog‘iga chiqdi.
Staffordda istiqomat qiluvchi Maykl Kouplend ilgari armiyada xizmat qilgan va keyinchalik u bodibilding bilan shug‘ullangan. O‘tmishda u Angliya, Shotlandiya va Uelsdagi uchta eng baland tog‘ga chiqqan va buni yelkasidagi muzlatgich bilan bajargan.
Keyinchalik uning tanlovi Afrikaning eng baland nuqtasi, harakatsiz Kilimanjaro vulqoniga to‘g‘ri keldi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘ning tanlanishi unga arqon va boshqa jihozlarsiz chiqish mumkinligi bilan bog‘liq.
Erkakning yurishi xayriya uchun mablag‘ yig‘ish, shuningdek, ruhiy kasalliklardan xabardorlikni oshirish kampaniyasining bir qismi edi.
“15 yoshimdan beri o‘z oldimga turli maqsadlar qo‘yganman, endi ular mening shaxsiyatimning bir qismiga aylandi. Jismoniy qiyinchiliklar men uchun o‘zimga ishonchsizlikni yengishimning bir usuli. Jismoniy mashqlar qilib, tabiat qo‘ynida bo‘lsam, o‘zimni eng yaxshi his qilaman”, deb tushuntirdi Kopeland.







