Ekologiya vaziriga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Ushbu lavozimga Iskandar Qutbiddinov qo‘yildi.

Iskandar Qutbiddinov Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vaziri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Iskandar Qutbiddinov 1995 yilda Andijon viloyati Andijon shahrida tug‘ilgan. Maʼlumoti - oliy. 2017 yilda Toshkent davlat yuridik universiteti va 2023 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini (sirtqi) tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2017 yilda Adliya vazirligi katta maslahatchisi lavozimida boshlagan.
2018–2021 yillarda Vazirlar Mahkamasida, 2021 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida ishlab kelgan.







