O'zbekiston

“Bunyodkor” futbolchilarga qarzini qachon to‘lashi aytildi

Bu bo‘yicha 30 mart kuni kelishuvga erishilgan.

“Bunyodkor” futbolchilarga qarzini qachon to‘lashi aytildi

Shu yilning 7 fevral kuni FIFA “Bunyodkor” sobiq futbolchilari Rivaldo va Denilson shikoyatlari bo‘yicha qayta ish ochgan bo‘lib, oradan 15 kun o‘tib klub futbolchilar oldidagi qarzdorlik majburiyatini bajarishi lozimligi to‘g‘risida qaror chiqargandi.

 

OFK litsenziyalashi talabidan kelib chiqib, professional futbol klubi yilning 31 mart sanasiga qadar qarzdorlik bilan bog‘liq masalalarni hal etishi lozim. Olib borilgan muzokaralar natijasida tomonlar 30 mart kuni kelishuvga erishdi. Natijada Bunyodkor litsenziyalash platformasiga lozim hujjatlarni yuklashga ulgurdi.

 

“FIFA qaroriga ko‘ra, Bunyodkor Rivaldo va Denilson oldidagi qarzdorlikni shu yilning 7 aprel sanasiga qadar bartaraf etishi kerak edi. Yangi kelishuvga ko‘ra to‘lanishi lozim bo‘lgan summalar sezilarli ko‘rinishda kamaytirildi. Qo‘shimchasiga, kelishilgan summa Denilsonga 2026 yilgacha uch qismga bo‘lib to‘lanadigan bo‘ldi. Rivaldo bilan hisob-kitob esa 2028 yilga qadar har yili bir martadan amalga oshiriladigan bo‘ldi”, deyiladi klub rasmiy xabarida.

 

Xabarda qarzdorlik qanchaga kamaytirilgani va qolgan qarzdorlik miqdoriga aniqlik kiritilmagan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

“Bunyodkor” futbolchilarga qarzini qachon to‘lashi aytildi | Zamon.uz