Jahon

“Krokus”dagi teraktdan keyin ushlangan chechenistonlik politsiyada vafot etdi

OAV xabarlariga ko‘ra, u qiynoqqa solingan bo‘lishi mumkin.

“Krokus”dagi teraktdan keyin ushlangan chechenistonlik politsiyada vafot etdi

«Krokus Siti Xoll»dagi teraktdan so‘ng qo‘lga olingan Asxab Uspanovning o‘limi haqidagi maʼlumotni “Agentstvo” nashriga uning onasi tasdiqladi.

 

Moskvada «Krokus Siti Xoll» konsert zalidagi teraktdan so‘ng qo‘lga olingan chechenistonlik Asxab Uspanov bir necha soatdan keyin politsiya bo‘limida vafot etdi. Bu haqda “Agentstvo” nashri 1 aprel, dushanba kuni uning onasi Taisa Uspanovaga tayanib yozdi. Bundan uch kun avval uning o‘limi haqida Chechenistonning muxolifatdagi 1ADAT Telegram-kanali xabar bergan edi. 

 

Taisa Uspanovaning so‘zlariga ko‘ra, uning o‘g‘li xotinining ishiga ketayotganida qo‘lga olingan. U bu qayerda sodir bo‘lganiga aniqlik kiritmadi. Ushlanganidan so‘ng Uspanov xotiniga qo‘ng‘iroq qilgan: u uning oldiga kelmoqchi bo‘lgan, lekin kelmaslikni so‘ragan. Erkak politsiyada «o‘ziga qarshi hech narsa yo‘qligini» aytgan, lekin keyinroq qaytib qo‘ng‘iroq qilib, «xavfsizlik kuchlariga qo‘pollik qilganini» aytib, uni politsiya bo‘limidan olib ketishni so‘ragan. 

 

Uspanovning rafiqasi, onasi aytishicha, ikki soatdan keyin politsiyaga kelgan. U yerda unga «eri endi yo‘qligi»ni aytishgan. Uspanovning onasi o‘g‘li Chechenistonda dafn etilganini daʼvo qilmoqda, biroq jasad unga qanday holatda va qachon berilgani, unda qiynoq izlari bor-yo‘qligi va o‘lim sababi nima ekanligini aniqlashtirmadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Uspanov teraktga aloqador bo‘lishi mumkin emas. 

 

“Agentstvo” Uspanovning qurilish sohasida yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tganini aniqladi. “SPARK” tizimining maʼlumotlar bazasida uning yakka tartibdagi tadbirkor sifatidagi maqomi 22 mart kuni vafot etgani sababli tugatilganlar ro‘yxatiga kiritilgan, deb yozadi nashr. 

 

1ADAT Telegram-kanaliga ko‘ra, Uspanov ishdan keyin uyiga qaytayotganida avtobus bekatida niqobli odamlar tomonidan hujumga uchragan va u ular xavfsizlik kuchlari ekanini tushunmay, «qarshilik ko‘rsatgan». Telegram-kanal taʼkidlashicha, so‘roq paytida xavfsizlik kuchlari erkakning qovurg‘alari va umurtqa pog‘onasini sindirgan, shuningdek, bo‘g‘ish izlari va tanada keng tarqalgan ko‘karishlar bo‘lgan.

 

1ADAT shuningdek, Uspanovning jasadi yorib ko‘rilgani tasvirlangan videoni ham eʼlon qildi. Kadr ortidagi ovozning aytishicha, xavfsizlik kuchlari «jinoyatini yashirish» uchun o‘z joniga qasd qilish holatini o‘ylab topgan. Uspanovning onasi “Agentstvo”ga o‘g‘li musulmon bo‘lgani uchun o‘z joniga qasd qila olmasligini aytdi. 

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

“Krokus”dagi teraktdan keyin ushlangan chechenistonlik politsiyada vafot etdi | Zamon.uz