Si Szinpin Bayden bilan telefonlashdi
Ular Ukraina masalasini muhokama qilishgan.

Xitoy rahbari Si Tszinpin AQSH prezidenti Jo Bayden bilan telefon suhbatida Ukraina inqirozini muhokama qildi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
“Ikki davlat rahbarlari Ukraina inqirozi va Koreya yarimorolidagi vaziyat yuzasidan fikr almashdi”, — deyiladi telekanal xabarida.
Mamlakat yetakchilarining telefon muloqoti samimiy va konstruktiv ruhda o‘tgan. Biroq ularning Ukraina inqirozi mavzusida aynan nima degani haqida batafsil maʼlumot berilmagan.







