O'zbekiston

“Bu yer kechayu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak”

Prezident Toshkentdagi Gulbozor mahallasida bo‘ldi.

“Bu yer kechayu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak”

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentning Shayxontohur tumanidagi Gulbozor mahallasida bo‘ldi.

 

Har bir mahallaning o‘ziga xos anʼanalari va imkoniyatlari bor. Ular “o‘sish nuqtasi”ga aylantirilib, ish o‘rinlari ochish va aholi daromadlarini oshirish manbai sifatida rivojlantirilmoqda.

 

Gulbozor Toshkentning tarixiy qismida, Chorsu bozori yonida joylashgan. Bu yerga yilning barcha mavsumida xorijiy turistlar ko‘p keladi. Shu bois hudud turizm xizmatlariga ixtisoslashtirildi. Ko‘cha va uylarda poytaxtning qadimgi ko‘rinishini saqlab qolgan holda qo‘shimcha sharoitlar yaratildi.

 

Xususan, barcha kommunikatsiya tarmoqlari yer ostidan o‘tkazildi. Ko‘cha boshida tarixiy darvoza qayta tiklandi. O‘ymakor ustunli katta ayvon, unga yaqin joyda hovuz barpo etildi. Milliy kashtachilik va hunarmandchilik ustaxonalari, novvoyxona, milliy oshxonalar, zargarlik do‘konlari tashkil qilindi. “Non tarixi” va “Qadimgi Toshkentga sayohat” nomli ko‘rgazmalar ochildi. Uch yulduzli mehmonxona ham bunyod etilmoqda.

 

Bu ko‘cha Shayxontohur tumanida tashkil etilayotgan “turizm halqasi”ning bir qismi bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, bu yerda sayyohlar qadimiylik va milliylik muhitini his etadi.

 

Mahalla ahli davlatimiz rahbariga hududdagi o‘zgarishlar, odamlar hayoti haqida so‘zlab berdi. Bu yerda 2 ming 670 nafar aholi yashaydi. Savdo, hunarmandchilik va xizmat ko‘rsatish rivojlangani natijasida mahalla ishsizlikdan holi hududga aylangan. “Xavfsiz hudud” tizimi joriy etilgan. Bu loyiha amalga oshirilganidan so‘ng barcha xonadonning daromad topish imkoniyati ancha oshgani qayd etildi.

 

Prezident milliy kiyimlar va amaliy sanʼat mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi, ularni tayyorlayotgan hunarmand xotin-qizlar bilan suhbatlashdi.

 

Davlat rahbari mahalladagi sumalak saylida ishtirok etdi. Onaxonlar tinch-osoyishta yurtga bayramlar yarashishini, buning uchun Yaratganga behisob shukur qilishlarini aytishdi. Shavkat Mirziyoyev ularni muborak Ramazon kunlari bilan tabriklab, ezgu tilaklar izhor etdi. Xalqimizga tinchlik va farovonlik tilab duolar qilindi.

 

Mutasaddilarga “turizm halqasi”ni davom ettirib, sohada bandlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

 

– Zamonaviy majmualar hamma joyda bor. Biz xorijiy sayyohlarni buyuk tariximiz bilan ko‘proq jalb etishimiz mumkin. Shuning uchun bu yer kechayu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak. Bunday etnografik maskanlarni ko‘paytirish, milliy qadriyatlarimizni namoyish etish, turli festivallar o‘tkazish zarur, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Joriy yil 12 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikaga xorijiy turistlar oqimini keskin oshirish hamda ichki turizmni yana-da jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” farmoni qabul qilingan edi. Unga muvofiq, turizm maskanlarini ko‘paytirish, hududlarni o‘zaro bog‘lovchi turizm xizmatlarini yana-da kengaytirish bo‘yicha ish olib borilmoqda. Buning ijrosini Gulbozor misolida ham ko‘rish mumkin.

 

Shuningdek, “Yashil makon” loyihasi doirasida mevali va manzarali daraxtlar, gul-chechaklar ekilib, mahallaga fayz qo‘shilmoqda.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

“Bu yer kechayu kunduz faoliyat yuritadigan turistik markazga aylanishi kerak” | Zamon.uz