Buxoroda yuk mashinasi daryoga tushib ketdi
Holat yuzasidan rasmiy maʼlumot berildi.

Buxoroda Zarafshon daryosidagi ko‘prik qulashi oqibatida yuk mashinasi daryoga tushib ketdi.
Rasmiy xabarga ko‘ra, hodisa natijasida qurbonlar yo‘q.
Jondor tuman hokimligi tomonidan tuzilgan ishchi guruh mazkur holat bo‘yicha o‘rganishlarni olib bormoqda. Ishchi guruhning yakuniy natijasi bo‘yicha batafsil maʼlumot berilishi aytildi.







