Mirziyoyev Yaqin Sharqdagi vaziyat va Rossiyadagi terakt haqida gapirdi
Ayni daqiqalarda Xalq deputatlari Toshkent shahri Kengashi sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.

Davlat rahbari so‘zining avvalida murakkab va tahlikali zamonda yashayotganimiz, Yaqin Sharqdagi va asosiy hamkorlarimiz o‘rtasidagi mojarolar yechim topmayotganini, shu jumladan, Moskva viloyatidagi mudhish terakt oqibatida xalqaro vaziyat yana-da jiddiy tus olayotganini qayd etdi.
Bunday murakkab sharoitda iqtisodiyotimizga, aholi daromadlariga salbiy taʼsirni kamaytirish eng muhim vazifalardan biri ekani taʼkidlandi. Buning uchun mahallaning iqtisodiy zaminini mustahkamlash, odamlar daromadini ko‘paytirish uchun mavjud imkoniyatlarni to‘liq ishga solish zarurligi qayd etildi.







