Toshkentda sudya jinoiy javobgarlikka tortildi
U firibgarlikda ayblanmoqda.

Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi firibgarlikda ayblanib, javobgarlikka tortildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashining navbatdagi yig‘ilishi maʼlum qilingan.
Yig‘ilishda Bosh prokurorning Toshkent shahar jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi sudyasi Sh. A.ni Jinoyat kodeksining 168- , 28/211-moddalarining tegishli qismi bilan jinoiy javobgarlikka tortishga oid taqdimnomasi muhokama qilindi.
Yakunda Kengash xulosasi bilan Sh. A.ni jinoiy javobgarlikka tortishga rozilik bildirildi va uning sudyalik vakolati to‘xtatildi.
"Tergov siri va aybsizlik prezumpsiyasi talablaridan kelib chiqib, boshqa tafsilotlar oshkor qilinmaydi" deyiladi xabarda.







