Andijonda MCHJ 700 mlnlik elektr o‘g‘irladi
Hozirda holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan.

Andijon shahrida 752,5 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo‘lim tomonidan “O‘zenergoinspeksiya” hududiy boshqarmasi va ETK xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida “S.i.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar, Andijon shahridagi 23 ta ijtimoiy soha obyektining qozonxonalarini umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 752,5 mln so‘m zarar yetkazganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.







