Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik uchun minnatdorlik bildirdi
Avvalroq Qozog‘iston Prezidenti Aqto‘bedagi YTHda halok bo‘lganlarning yaqinlariga hamdardlik izhor qilgandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevga Aqto‘be viloyatida ro‘y bergan avtomobil halokatida vafot etganlarning oila aʼzolari va yaqinlariga bildirilgan chuqur hamdardlik uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.
Davlat rahbarining maktubida yo‘l-transport hodisasi sabablarini aniqlash va marhumlarni O‘zbekistonga olib kelishda O‘zbekistonning maxsus hukumat komissiyasi va idoralariga Qozog‘iston Hukumati tomonidan ko‘rsatilayotgan har tomonlama ko‘mak uchun ham tashakkur izhor etilgan.







