Jahon

Qozog‘istondagi YTHda 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Prezident topshirig‘i bilan jasadlarni harbiy samolyotda olib kelish va dafn etish marosimlarini o‘tkazish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tuzildi.

Qozog‘istondagi YTHda 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

3-aprel kuni Samara-Chimkent trassasining Qozog‘istonning Aqto‘be oblasti Marjonbuloq qishlog‘idan o‘tgan qismida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi. YTH Volvo yuk mashinasi hamda O‘zbekiston fuqarosi boshqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni ishtirokida ro‘y bergan.

 

Hodisa oqibatida miniven haydovchisi va undagi yetti nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘lgan. Qurbonlarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

 

Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, harakat vaqtida yuk avtomobilining shinasi yorilib ketgan, haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va miniven bilan to‘qnashgan.

 

YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boshlangan. Tegishli ekspertiza tayinlangan.



O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi elchixonasi sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan 8 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining oila aʼzolari va yaqinlariga chuqur taʼziya bildirdi.

 

Mazkur masala yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog‘iston Respublikaisning tegishli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikda ishlamoqda. Holat alohida nazoratga olingan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Qozog‘istondagi YTHda 8 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi | Zamon.uz