O'zbekiston

Quvadagi tug‘uruqxonada chaqaloq vafot etdi

Vazirlik polisintetik xaltaga solib, yerga tashlab qo‘yilgan chaqaloq bo‘yicha maʼlumot berdi.

Quvadagi tug‘uruqxonada chaqaloq vafot etdi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limida yangi tug‘ilgan chaqaloq polisintetik xaltaga solinib, yerga tashlab qo‘yilgani aks etgan videotasvir tarqaldi. Sog‘liqni saqlash vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabat bildirdi.

 

Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, 2005 yil Farg‘ona viloyati Toshloq tumanida tug‘ilgan D.U. 2024 yilning 31 mart kuni Quva tuman tibbiyot birlashmasi tug‘uruq bo‘limiga “Homiladorlik-1, tug‘uruq-1, 28 hafta, erta tug‘ish xavfi” tashxisi bilan murojaat qilgan.

 

Bemor homiladorlik bilan Toshloq tumanida dispanser nazoratida turmagan va homilani yashirib yurgan. Tug‘uruq 2024 yil 1 aprel kuni soat 08:45 larda amalga oshirilgan.

 

Shu kuni soat 17:00 larda esa chaqaloqning ahvoli og‘irlashib, unda biologik o‘lim holati kuzatilgan. Uning o‘limiga muddatidan oldin (7 oylik) tug‘ilganligi sabab bo‘lgan.

 

Ayni paytda mazkur holat Cog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan nazoratga olinib, mavjud vaziyatga zudlik bilan aniqlik kiritish maqsadida tegishli Ishchi guruh Farg‘ona viloyatiga yuborilgan.

 

Shuningdek, hozirda huquq-tartibot idoralari tomonidan ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Yakuniy xulosalar bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot berilishi aytilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Quvadagi tug‘uruqxonada chaqaloq vafot etdi | Zamon.uz