Xalq artisti Lutfixonim Sarimsoqova haqida film yaratildi
U turli qahramonlarda sahnaga 16 ming martadan ko‘proq chiqqan.

Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan O‘zbekiston Milliy kinofondi tomonidan Lutfixonim Sarimsoqova hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film suratga olindi. Ssenariy muallifi Nigora Karimova va Lobar Qobilova, rejissyor Eljon Abbosov, operator Rahmatilla Yoqubov, prodyuser Baxtiyor Asilov.
Lutfixonim Sarimsoqova ishtirokidagi "Sen yetim emassan", “Mahallada duv-duv gap”, “Farzandlar” kabi filmlar haligacha tomoshabinlar eʼtiboridan tushmagan. U kinodagi ilk qadamlarini 20-30 yillari ovozsiz kinodan boshlagan. “Qasam” filmida Ona, “Opa-singil Rahmonovalar” filmida Sharofat va boshqa obrazlarda aktrisa o‘ziga xos qiyofa kasb etgan.
Manbalarda aytilishicha, Lutfixonim Sarimsoqova turli qahramonlar siymosida sahnaga 16 ming martadan ko‘proq chiqqan sanʼatkor.







