“AQSH Ukrainaga haddan tashqari eʼtibor qaratmoqda”
Ilon Mask Amerika hukumatini tanqid qildi.

Amerikalik tadbirkor Ilon Mask AQSH hukumati muhojirlar oqimiga duch kelgan o‘z chegaralarini himoya qilishdan ko‘ra Ukrainadagi vaziyatga ko‘proq eʼtibor qaratayotganini aytdi.
Qo‘shma Shtatlarda noqonuniy migratsiya rekord darajada kuzatilmoqda, chegara rasmiylari o‘tgan dekabr oyida 302 ming marta noqonuniy chegarani kesib o‘tishni qayd etgan, bu bir oy ichidagi eng katta raqam. Bundan tashqari, Jo Bayden rahbarlik qilgan uch yil davomida ham noqonuniy muhojirlarning rekord soni qayd etilgan.
“AQSH chegarasi ahamiyatsiz bo‘lsada, Ukraina chegarasi haqida juda ko‘p tashvish bor”, deb yozgan Mask o‘zining X ijtimoiy tarmoqdagi akkauntida.







