O'zbekiston

Madrasaga hojatxona qurilib, 65,6 mln so‘m zarar yetkazildi

Natijada, tarixiy yodgorlikka jiddiy shikast yetkazilgan.

Madrasaga hojatxona qurilib, 65,6 mln so‘m zarar yetkazildi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Abdulqosim Eshon madrasasi ichki qismiga o‘zboshimchalik bilan hojatxona qurib olingani aniqlandi.

 

Bosh prokuratura xabariga ko‘ra, Madaniy meros agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida “U.M.” jamoat fondi mansabdor shaxslari tomonidan XVI asrga oid Abdulqosim Eshon madrasasi arxitektura yodgorligi ichki qismiga hojatxona qurilib, kommunikatsiya tarmoqlari o‘tkazilgani maʼlum bo‘lgan. Oqibatda yodgorlikka 65,6 mln so‘m zarar yetgan.

 

MCHJ rahbari O.A. va boshqalar tomonidan Namangan shahridagi XIX asrga oid “Sirli masjid” arxitektura yodgorligining qadimiy ganchkor uslubdagi kirish darvozasi va minorasi to‘liq buzib tashlanib, yodgorlikka 554,4 mln so‘m zarar yetgan.

 

Shuningdek, fuqaro M.K. tomonidan Andijon shahridagi XX asrga oid Yunusxoji masjidi arxitektura yodgorligining 113,7 m3 qismi buzib yuborilib, yodgorlikka 801,5 mln so‘mlik zarar yetkazilgani aniqlandi.

 

Aniqlangan holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Madrasaga hojatxona qurilib, 65,6 mln so‘m zarar yetkazildi | Zamon.uz