“Crocus”dagi teraktga aloqador 11-shaxs hibsga olindi
Tergov uni teraktga tayyorgarlikda ishtirok etgan deya hisoblamoqda.

Tojikiston fuqarosi Muhammad Zoir Sharipzoda "inson o‘limiga sabab bo‘lgan terakt sodir etishda" ayblanyapti. Tergov Sharipzodani "Crocus City Hall"da teraktga tayyorgarlikda ishtirok etgan deya hisoblamoqda.
"Mazkur sud ishi haqida boshqalaridan farqli o‘laroq, jurnalistlarga oldindan xabar berilmagan. Moskvaning Basmanniy sudi tergov talabiga binoan Muhammad Zoir Sharipzodaga nisbatan 2024 yil 22 mayga qadap qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi", deb yozadi Mediazona.







