O'zbekiston

DXX 11 kg giyohvandlik vositasini musodara qildi

Bu bo‘yicha hududlarda tezkor tadbirlar o‘tkazilgan.

DXX 11 kg giyohvandlik vositasini musodara qildi

Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Chortoq-Namangan” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Neksiya” rusumli transport vositasi to‘xtatilib, ko‘zdan kechirildi.

 

Natijada avtomashinada yo‘lovchi sifatida ketayotgan Chortoq tumanida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxsning yonida 2 kg 47 gr “gashish” moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Shuningdek, uning yashash xonadonidan ham kelgusida sotish maqsadida saqlanayotgan 4 kg 942 gr. “gashish” moddasi olindi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida jami 6 kg 989 gr “gashish” giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu narkotik moddalar muqaddam qirg‘izistonlik narkokuryerlar tomonidan Chortoq tumaniga olib kelinib, xufiya joyga qoldirib ketilganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Davlatobod tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi, 1996 yilda tug‘ilgan, muqaddam sudlangan shaxs o‘zining boshqaruvida bo‘lgan “Lasetti” rusumli avtomashinada 1 kg 842 gr “gashish” moddasini Namangan shahrida istiqomat qiluvchi, 1984 yilda tug‘ilgan fuqaroga 14 ming AQSH dollariga sotishga kelishib, kelishilgan puldan 10 ming AQSH dollarini olgan vaqtida ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu giyohvandlik vositasini qirg‘izistonlik narkokuryer muqaddam Yangiqo‘rg‘on tumanidagi xufiya joyga qoldirib ketganligi maʼlum bo‘ldi.

 

Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi, 1988, 1995, 1998 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 936 gr “opiy” moddasini xaridorga berib, undan kelishilgan pul mablag‘ini olgan vaqtlarida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.

 

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, ularning jinoiy sherigi bo‘lgan – 1992 yilda tug‘ilgan urgutlik shaxs ham ushlandi.

 

Taʼkidlash lozimki, mazkur shaxslarning 2 nafari muqaddam sodir etgan jinoyatlari uchun sudlangan bo‘lsalarda, o‘z xatolaridan to‘g‘ri xulosa chiqarishmagan.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Quvasoy shahrida yashovchi, 1986 yilda tug‘ilgan shaxs muqaddam tojikistonlik jinoiy sherigi tomonidan Quvasoy shahridagi xufiya joyga qoldirib ketilgan 950 gr “gashish” moddasini olib, uni 1987 yilda tug‘ilgan hamshahariga pulini keyinchalik berish sharti bilan 6 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ushlandi.

 

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu narkotik savdosiga Quvasoy shahrida yashovchi, 2002 yilda tug‘ilgan fuqaro ham aloqador ekanligi aniqlanib, u ham qo‘lga olindi.

 

Boshqa holatda esa Qo‘qon shahrida yashovchi, 1963 yilda tug‘ilgan fuqaro Tojikiston Respublikasidan olib kelingan 492 gr “gashish” moddasini 75 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

 

Hozirda mazkur shaxslarning barchasiga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

DXX 11 kg giyohvandlik vositasini musodara qildi | Zamon.uz