Endi Tojikiston fuqarolari Turkiyaga viza bilan kiradi
Bu haqda Rajab Toyyib Erdo‘g‘on farmoni eʼlon qilindi.

Turkiya doimiy xorijiy pasportga ega Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qildi.
Bu haqda prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning hukumatning rasmiy gazetasi "Resmi gazete"da chop etilgan farmonida aytilgan.
“Tojikistonning oddiy chet el pasportiga ega bo‘lgan fuqarolari uchun Turkiyaga sayohat qilishda vizasiz rejimni bekor qilishga qaror qilindi”, — deyiladi hujjatda.
Mazkur chora “Chet elliklar va xalqaro himoya to‘g‘risida”gi qonun asosida qabul qilingan. Qaror gazetada eʼlon qilingan paytdan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ilgari Tojikiston fuqarolari Turkiyaga sayohat maqsadi turizm bo‘lsa va qolish muddati 90 kundan oshmasa, vizasiz borishi mumkin edi.
Eslatib o‘tamiz, aprel oyi boshida Istanbulda Tojikiston fuqarosi va Qirg‘iziston fuqarosi terrorchilik aktini tayyorlashda gumonlanib qo‘lga olingan edi.







