O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rishi necha yosh?
O‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi yildan yilga yuqorilamoqda.

O‘zbekistonda aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi necha yosh ekani to‘g‘risida maʼlumot taqdim etildi.
2023 yilda O‘zbekiston Respublikasida doimiy aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 74,7 yoshni tashkil etdi.
Statistika agentligi maʼlumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2022 yilda 73,8 yoshni tashkil etgan.
2024 yilning 1 yanvar holatiga o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi:
-
ayollar uchun – 76,9 yosh;
-
erkaklar uchun – 72,5 yosh.







